22 Dekabr 2023 yil 3433

IIV ishchi guruh tomonidan Andijon viloyati ichki ishlar organlari boshliqlarining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlarining faoliyati yuzasidan olib borilgan tekshiruvlar yakuni bo‘yicha muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Ichki ishlar vazirining 2023-yil 9-dekabrda kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan chora tadbirlarni ijrosini taʼminlash maqsadida Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti hamda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘i huzurida barcha mustaqil boshqarma, bo‘lim va bo‘linmalar hamda shahar-tuman IIB boshliqlaring Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari va kadrlar bilan taʼminlash guruhi katta inspektorlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda yuzaga kelgan barcha holatlar yuzasidan kerakli ko‘rsatma va yo‘riqnomalar berildi.

Shuningdek, Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xizmat vazifalari qay darajada bajarilayotganligi, xizmat kiyimini kiyib yurish tartibiga qatʼiy amal qilinishi, qonunchilik va ichki idoraviy hujjatlarda belgilangan tartibda ish yuritishi, xizmat joyi va ish tartibi, xizmat va transport intizomiga amal qilinishi holatlari ham o‘rganilib, ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech