28 Noyabr 2022 yil 353

IIV ishchi guruhi raxbari boshchiligida Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati xodimlari va ularning oila aʼzolari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish hamda korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish bo‘yicha Ichki ishlar vazirligining joriy yilning 3 martdagi 56-sonli buyrug‘ining ijrosi yuzasidan bir qator chora-tadbirlar belgilangan.

Shu sababli 25 noyabr kuni vazirlik ishchi guruh rahbari podpolkovnik A.S.Inomov huzurida Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati xodimlari va ularning oila aʼzolari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish hamda korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish, xodimlarning xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishlari tushuntirilib, yig‘ilish ishtirokchilariga korrupsion holatlarni oldini olish bo‘yicha IIV tomonidan tayyorlangan videorolik namoyish etildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech