1 Dekabr 2021 yil 1413

IIV ishchi guruhining Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida kitoblar taqdimoti o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining 2021-yil 19-noyabrdagi  245-sonli Farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 30-noyabr kuni IIV birlashgan kasaba uyushmasi raisining o‘rinbosari, Faxriylar kengashi aʼzosi, yuridik fanlari doktori professor, isteʼfodagi polkovnik Sattarov Abdug‘ofur Xamidovich boshchiligidagi ishchi guruhi Andijon viloyatiga tashrif buyurdi. Dastlab, ishchi guruh tomonidan IIV Andijon akademik litseyidagi shart-sharoitlar o‘rganilib, o‘quvchilar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

Bundan tashqari, 1-dekabr kuni Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB maʼmuriy binosida viloyat IIB PPX va JTSB, TVBSO, Transportda XTB hamda Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida polkovnik A.Sattarov “El-yurt osoyishtaligi generallari”, “Ichki ishlar organlarining mard o‘g‘lonlari” va “O‘zbekiston xalqi xizmatida” nomli kitoblari taqdimotini o‘tkazdi. Shunidan so‘ng, Ichki ishlar vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti katta inspektori podpolkovnik Shokirov Qobuljon Sobirovich hamda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi dotsenti podpolkovnik Qodirov Quvonchbek Bekmurodovichlar tomonidan IIVning 2021-yil 21-oktyabrdagi 400-sonli buyrug‘i mazmun-mohiyati shaxsiy tarkibga yetkazildi.

Uchrashuv so‘ngida xizmat faoliyatida yuqori natijalarni qayd etib kelayotgan xodimlarga “El-yurt osoyishtaligi generallari”, “Ichki ishlar organlarining mard o‘g‘lonlari” va “O‘zbekiston xalqi xizmatida” nomli kitoblari topshirildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech