20 May 2021 yil 646

IIV ishchi guruhi hamda Andijon viloyati IIB tashabbusi  bilan psixologik seminar-trening o‘tkazildi

2021 yil 19 may kuni O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar Vazirligi ishchi guruhi hamda Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi  bilan "Жиноятчи ва ходим",“Ichki ishlar xodimlari va  fuqarolar o‘rtasida nizoli holatlarni bartaraf etish” mavzularida psixologik seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbirni ADU psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Muxtarov Otabek olib bordi. O‘quv mashg‘ulotda xodim va fuqarolar o‘rtasida munosabatlarni tartibga keltirishda fikriy sog‘lomlik, stress profilaktikasi va ziddiyatlarga barham berish masalalari bo‘yicha sotsial psixoterapevtik mashg‘ulotlar, autogen treninglar o‘tkazildi.

Trening jarayonida xodimlarni mehnat faoliyatida huquqbuzarlar, jinoyatga moyilligi bo‘lgan shaxslar bilan korreksion suhbat olib borishda “O‘ng yelka qoidasi”, “Shaxsiy aura orqali taʼsir o‘tkazish”, “Ochiq savollar orqali tafakkur qilishga o‘rgatish” kabi usullarni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari ishlab chiqildi.

O‘quv mashg‘ulotlar davomida qatnashchilarining mavzuga doir barcha savollariga atroflicha javoblar berildi. Tadbir so‘ngida ushbu mashg‘ulotlarni turdosh, dolzarb masalalarda davomli tashkil etish va amaliyot bilan bog‘lashga kelishib olindi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech