IIV Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakulteti o‘qishga taklif etadi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga (serjantlar tarkibini tayyorlash dasturi asosida) o‘qishga nomzodlar tanlovi eʼlon qilinadi.
Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakulteti “Yo‘l-patrul faoliyati” hamda “Jamoat tartibini saqlash faoliyati” yo‘nalishlariga bo‘yi 170 sm past bo‘lmagan hamda “Pasport tizimini taʼminlash” yo‘nalishiga bo‘yi 165 sm past bo‘lmagan, o‘qishga oliy maʼlumotli (fakultet yo‘nalishlariga nomzodlarni oliy taʼlim muassasasini tugatgan mutaxassisligi inobatga olingan holda ichki ishlar organlari uchun belgilangan talablar asosida qabul qilinadi) yoshi 18 dan kichik, 30 dan katta bo‘lmagan, muddatli harbiy yoki safarbarlik chaqiruvi rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan Andijon viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.
- Nomzodlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari so‘raladi:
- fuqarolik pasporti;
- harbiy guvoxnoma asl nusxasi;
- bakalavr diplomi asl nusxasi.
- nomzod tomonidan qo‘lda va kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
- anketa (o‘zi va yaqin qarindoshlari to‘g‘risida maʼlumot).
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar 2024-yilning 16-dekabrdan – 2025-yilning 16-yanvar kuniga qadar Andijon viloyati ichki ishlar organlarning kadrlar bilan taʼminlash xizmatiga yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan murojaat qilishlari mumkin.
Qo‘shimcha maʼlumot uchun telefon raqami:
74-299-11-70
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati