24 Fevral 2024 yil 1903

IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruh Andijon viloyatida o‘rganish ishlarini boshladi

Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor D.Nazarmuxamedov tomonidan tasdiqlangan tegishli farmoyishga asosan, Andijon viloyati ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy, kadrlar bilan taʼminlash, jismoniy va jangovar hamda taʼlim jarayonini tashkil etish yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar ahvolini o‘rganish bo‘yicha Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruh o‘z faoliyatini boshladi.

Dastlab, ishchi guruh ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, unda ichki ishlar organlarida "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish - oliy burchimiz!" shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish, shaxsiy tarkibning maʼnaviy-maʼrifiy va kasbiy tayyorgarligi darajasini o‘rganish, bu borada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanishi yuzasidan masʼul xodimlarga atroflicha tushunchalar berildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech