6 Iyul 2023 yil 528

IIV markaziy apparatidan Andijon viloyatiga biriktirilgan masʼullar tomonidan Marhamat tumanida aholi muammolari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazilib, fuqarolar uchun oziq-ovqat va mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Xususan, Marhamat tumani Barhayot MFYda  o‘tkazilgan sayyor qabulda 40 nafar fuqaro tomonidan 30 ta masala o‘rtaga tashlandi. Ushbu murojaatlardan 22 tasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 3 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Yana 5 ta masalani hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, fuqarolarni ish bilan taʼminlash maqsadida Marhamat tumani bandlikka ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

Shu bilan birgalikda fuqarolarga yana-da qulaylik yaratish maqsadida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi ham tashkil etilib, Unda 20 ga yaqin qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bozor va do‘konlardan past narxlarda sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech