IIV markaziy apparatidan Andijon viloyatiga biriktirilgan masʼullar tomonidan Paxtaobod tumanida aholi muammolari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazilib, fuqarolar uchun oziq-ovqat va mehnat yarmarkasi tashkil etildi
Xususan, Paxtaobod tumani Shovruq MFYda o‘tkazilgan sayyor qabulda 50 nafar fuqaro tomonidan 50 ta masala o‘rtaga tashlandi. Ushbu murojaatlardan 45 tasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 3 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Yana 2 ta masalani hal etish choralari ko‘rilmoqda.
Bundan tashqari,bandligi taʼminlanmagan fuqarolarni ish bilan taʼminlash maqsadida Paxtaobod tumani bandlikka ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Shu bilan birgalikda fuqarolarga yana-da qulaylik yaratish maqsadida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi ham tashkil etilib, Unda 20 ga yaqin qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bozor va do‘konlardan past narxlarda sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati