IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Andijonda sayyor qabul o‘tkazdi
Joriy yilning 7 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik U.T.Muxamedov tomonidan Qo‘rg‘ontepa tumani “KNANTEKS-Group” ochiq aksiyadorlik jamiyati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Andijon viloyatidagi xalq qabulxonasida barcha shahar-tumanlar aholisi uchun migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi murojaatlar bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi.
Qo‘rg‘ontepa tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda jami 26 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning 18 tasi O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasportini olish, 2 tasi xorijiy fuqaro uchun O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab qolish hamda 4 tasi ishga joylashtirish masalasida bo‘ldi. Kelib tushgan murojaatlarning 18 tasi shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. 2 ta murojaatga huquqiy maslahat berildi hamda kelgusida ijobiy hal etilishi uchun tegishli idoralarga takliflar kiritilishi belgilab olindi.
Shuningdek, qabul davomida Andijon viloyati IIB rahbariyati tomonidan ham jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tinglanib, 16 ta turli masalalardagi murojaatlar ko‘rib chiqildi. Ishga joylashtirish, kredit olish, moddiy yordam ko‘rsatish va boshqa ko‘plab masalalardagi murojaatlar qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Andijon shahrida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Andijon viloyatidagi xalq qabulxonasida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda jami 19 ta murojaat kelib tushdi. Kelib tushgan murojaatlar tahliliga ko‘ra 13 tasi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish,5 tasi xorijiy fuqarolar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab qolish tasnifidagi murojaatlarni tashkil qildi. Ushbu murojaatlardan 14 tasi shu joyning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 4 ta murojaatga huquqiy tushuncha berildi.
Hududlarda o‘tkazilgan sayyor qabullar davomida jami 45 ta murojaat qilib tushgan bo‘lib, shundan 32 tasi joyida, 6 tasi huquqiy tushuncha berish orqali hal etildi. Qolgan 7 tasi ijroga qaratish va ijobiy yakunlash uchun tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati