IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Andijon shahrida sayyor qabul o‘tkazdi
Aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga huquqiy yechim topishda sayyor qabullarning ahamiyati katta.
Ayni shu maqsadda joriy yilning 21-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Sh.N.Xodjayev Andijon shahrida fuqarolarning murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabulda murojaat qiluvchi shaxslar jami 25 nafarni tashkil qildi. O‘zbekiston Respublikasida doimiy qaytdan o‘tish hamda yashash guvohnomasini rasmiylashtirish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olish, ID-karta rasmiylashtirish, tashakkurnoma bildirish, birinchi marotaba ID-karta rasmiylashtirish masalalaridagi murojaatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqildi.
Ushbu murojaatlarning 24 tasi joyida ijobiy hal etilib qanoatlantirilgan bo‘lsa, 1 ta ID-karta rasmiylashtirish masalasidagi murojaat o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqishlik uchun IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga yuborildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati