18 May 2023 yil 554

IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi masʼullari tomonidan IIV Andijon akademik litseyida o‘quvchilarning ota-onalari va pedagogik jamoasi uchun profilaktik yig‘ilish o‘tkazildi

Joriy yilning 17-may kuni IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining taʼlim muassasalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik O‘.Qosimov boshchiligida soha xodimlari IIV Andijon akademik litseyiga tashrif buyurib, fan o‘qituvchilari, bitiruvchi o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda  podpolkovnik O‘.Qosimov tomonidan o‘quvchilarga ichki ishlar vazirligi Akademiyasi haqida maʼlumot berilib, u yerdagi mavjud shart-sharoitlar, qabul jarayonlari, kun tartibi va boshqa kasbiy ko‘nikmalar bo‘yicha tushunchalar berildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida o‘quvchilarning ota-onalari va pedagogik jamoasiga hozirgi kunda sodir etilayotgan turli noqonuniy harakatlar xususan, korrupsion holatlarga aralashib qolmaslik, uning salbiy oqibatlari hamda ushbu jinoyat yo‘liga kirib qolganlar uchun jazo muqarrarligi haqida maʼlumotlar berildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech