6 Fevral 2023 yil 445

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Andijon viloyati Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi shaxsiy tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-10-son Qarori mazmun-mohiyati  yana-da chuqurroq yetkazildi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti hamda Andijon viloyati IIB MMI va KBT xizmati masʼul xodimlari tomonidan IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Andijon viloyati Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi  shaxsiy tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kuni imzolangan “Ichki ishlar organlarini professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ-10-son Qarori mazmun-mohiyatini yana-da chuqurroq yetkazishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi Kodeksi” talablari xodimlarga batafsil tushuntirilib, xizmat intizomi va qonuniylikni taʼminlash yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech