23 Yanvar 2025 yil 2433

IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti 2-mintaqaviy hudud 3-son tergov hibsxonasi xodimlarning xizmat va jangovar tayyorgarligini yanada oshirishga qaratilgan amaliy va nazariy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining 2025-yil 6-yanvar kunidagi tegishli farmoyishiga asosan tizim tasarrufidagi tergov hibsxonalari Tartibot bo‘limi xodimlarini bilim saviyasini oshirish, belgilangan xizmat vazifalarini bilish darajasini aniqlash ishlari olib borilmoqda.  

Jumladan, Jazoni ijro etish departamenti Tartibotni tashkil etish boshqarmasi katta inspektori mayor Sh.I.Madxoliqov, Ikkinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi muxim topshiriqlar bo‘yicha inspektori mayor U.F.Bonazarov hamda Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi masʼul xodimlari ishtirokida Ikkinchi mintaqaviy hudud 3-son tergov hibsxonasi Tartibot bo‘limi xodimlarining huquqiy va maʼnaviy-siyosiy bilimlarini, xizmat va jangovar tayyorgarligini yana-da oshirish, soha sir-asrorlarini xodimlarga o‘rgatish, shuningdek, saqlanayotgan shaxslar ustidan o‘rnatilgan nazorat tizimini yanada yaxshilash, maxsus kontingent bilan bog‘liq ommaviy tartibsizlik va bo‘ysunmaslik holatlarida maxsus vositalarni qo‘llash hamda harakatlanish tartibi bo‘yicha amaliy va nazariy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Shu bilan birga, xodimlarning bilim saviyasi va kasbiy ko‘nikmalari qay darajada ekanligini aniqlash maqsadida test sinovlari olindi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech