28 May 2022 yil 959

Ijtimoiy tarmoqlar orqali voyaga yetmagan qizga tazyiq oʻtkazilgani aytilgan video xabar yuzasidan munosabat

Joriy yilning 27-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanida Ganjiravon mahallasida ushbu qizni oʻgay onasi qizni barmoqlarini sindirib, badaniga pichoq qaychilarni tiqib, urib, it azobini bergani aytilmoqda” nomli sarlavha bilan tarqalgan video xabarda aks etgan holatlar Andijon viloyati IIB tomonidan ishchi guruh tuzilgan holda batafsil oʻrganilib chiqildi.

Aniqlanishicha, Oltinkoʻl tumani “Ganjiravon” MFYda yashovchi 2011-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan I.H.ga nisbatan joriy yilning 22-may kuni oʻgay onasi X.M tomonidan tan jarohati yetkazilgan. Shuningdek, shu kuni voyaga yetmagan H.I bobosi X.I hamda buvisi I.Slar istiqomat qilayotgan uyga qochib keladi. Ularga boʻlgan voqeani aytib beradi va shu mahalladagi raqamsiz uyda yashovchi (vafot etgan onasining ota-onasi), Q.A hamda buvisi Q.Zlarning yashash xonadoniga olib borib qoʻyishni iltimos qiladi. Mazkur xonadonga borgandan soʻng xolasi R.Z jiyani H.Iga nisbatan yetkazilgan tan jarohatlarini videotasvirga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylaganligi aniqlandi.

27-may kuni voyaga yetmagan X.Idagi tan jarohatlarining ogʻirlik darajasini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Oltinkoʻl tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech