20 Iyun 2020 yil 921

Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon viloyati Baliqchi tumanida bloger hayotigi suyqasd qilishmoqchi bo‘lishdi” sarlavhasi ostida joylangan videolavha bo‘yicha rasmiy ma'lumot

2020 yilning 20 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon viloyati baliqchi tumanida bloger hayotigi suyqasd qilishmoqchi bo‘lishdi” sarlavhasi ostida videolavha tarqaldi. Mazkur videolavhada aks etgan holatlar Andijon viloyati IIB mas'ul xodimlari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.

Ma'lum bo‘lishicha, fuqaro Nizomov Qodirjon Odiljonovich Baliqchi tumani IIB boshlig‘ining nomiga ariza bilan murojaat qilib, 03.06.2020 yil kuni soat  taxminan 21:40 larda amakisining xonadonidan shaxsiy ishlari bilan o‘ziga tegishli bo‘lgan velosipedda Baliqchi tumani Oqqo‘rg‘on MFY xududidagi 34-sonli umumta'lim maktabining oldidan harakatlanib o‘tib kelayotgan vaqtida o‘ziga nisbatan qarama-qarshi tomondan unga oldindan tanish bo‘lgan Doston Rustamovich oq rangli “Neksiya-3” rusumli 60L723PA davlat raqamli avtomashinasida kelib, avtomashinada bosib yuborish maqsadida taqib qilganligini, biroq undan qochib qolganligi sababli, bosib keta olmaganligini bildirib, ushbu xolat yuzasidan Doston Rustamovichga nisbatan qonuniy chora ko‘rib berishlikni so‘ragan. 

Fuqaro Q.Nizomovning mazkur murojaati Baliqchi tumani IIBdan 05.06.2020 yil kuni 19833-r/20-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan.Mazkur xolat yuzasidan Baliqchi tumani IIB XPB TP profilaktika inspektori A.Djumaboev tomonidan tergovga qadar tekshiruv xaraktalari olib borishga kirishilgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida 34-sonli maktabning oldida bo‘lgan xamda A.Tojiboev ko‘chasidagi kuzatuv kameralari ko‘zdan kechirilganida yo‘ldan velosiped va avtomashina harakatlanganligi aniqlangan. Ammo avtomashinaning rusumi, davlat raqam belgisi va kim boshqarib olganligini va velosipedni ham kim boshqarib olganini aniqlashning imkoni bo‘lmagan. Biroq kuzatuv kakmerasida, velosiped yo‘l chetidan o‘tib ketganligi, avtomashina esa qatnov yo‘lidan to‘g‘ri harakatlanib kelib,
34-sonli maktabning oldidan ortiga qaytib ketganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech