10 Iyun 2020 yil 1382

Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijonda haliyam dollarni qora bozori bor ekan” sarlavha ostidagi murojaatlar bo‘yicha rasmiy munosabat

2020 yil 10 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Andijonda haliyam dollarni qora bozori bor ekan” sarlavha ostidagi murojaatlarda  aks etgan holatlar Andijon viloyati IIB mas'ul xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi.

Ushbu murojaatlarda Andijon shahridagi Yangi bozor hududidagi "Dollarchilar"dan pul almashtirayotgan fuqarolar pullarining kam chiqib aldanib qolayotganliklarini hamda bu holatga qarshi tegishli organlar tomonidan kurash olib borilmayotganligi ma'lum qilingan.  Vaholanki, ushbu holatlarni bartaraf etish maqsadida Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, 2020 yil 25 fevral kuni soat taxminan 10:30 lar chamasida fuqaro A.U, S.B, va K.A.lar o‘zganing mol-mulkini ochdan-ochik talon-toroj kilib, tekindan boylik orttirish maksadida Andijon shahri, Boburshox ko‘chasida joylashgan “Mumtoz” savdo markazi yonida Afg‘oniston Islom Respublikasi fuqarosi N.A.ga tegishli bo‘lgan 50 AKSh dollari va 100.000 so‘m pullarini ochiqdan-ochiq talon-taroj qilishganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 2020 yil 18 mart kuni  yuqoridagi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davomida yuqoridagi shaxslardan tashqari yana 3 nafar shaxslar shu kabi jinoyatlarga aloqadorligi aniqlangan. Jami 6 nafar  shaxslar JPKning 221-moddasi tartibida ushlanganlar hamda ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda  mazkur jinoyat ishi buyicha Andijon shahri buyicha IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashkari, 2020 yil 26 mart kuni soat tahminan 18:00 lar chamasida fuqaro Z.Z o‘zining sheriklari Sh.F va Z.A.lar bilan o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maksadida Andijon shahri, Boburshox ko‘chasida joylashgan “Yangi bozor” savdo markazi yonida fuqaro A.S.ga yengil shikast yetkazishgan hamda unga tegishli bo‘lgan 300.000 so‘m pullarni  olishib, hodisa joyidan yashirinishgan.

Mazkur holat yuzasidan 2020 yil 28 mart kuni yuqoridagi shaxslarga   nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-kismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida ushbu shaxslar O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlanib, ularga nisbatan qamoqqaa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi 2020 yil 25 may kuni O‘zbekiston Respublikasi JPKning 388-moddasi tartibida Jinoyat ishlari buyicha Andijon shahar sudiga yuborilgan.

Shu o‘rinda fuqarolarimizga shuni eslatib o‘tmoqchimizki, bugungi kunda barcha tijorat banklarida valyuta ayirboshlash shoxobchalari faoliyat yuritmoqda. Ko‘pchilik fuqarolar valyuta olish va uni so‘mga almashtirish operatsiyalarini erkin amalga oshiryapdilar. Valyutani naqdlashtirib olish uchun maxsus bankomatlar ham o‘rnatilgan.

Afsuski, bu imkoniyatlarni ko‘ra bila turib, fuqarolar orasida qonuniy yo‘ldan emas, egri yo‘ldan yurish holatlarining saqlanib qolayotganligi achinarlidir. Shu sababli ham har bir fuqaro bu borada qonuniy yo‘l sari intilsa, valyuta ayriboshlash bilan bog‘liq qonun buzilishlarning oldini olishda o‘z hissalarini qo‘shgan bo‘lardilar.

 

 Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech