Ijtimoiy tarmoqlarda “BOSKINChILIKNI GRUPPAVOY VARIYaNTI. JABR KORGAN ULIMDAN KOLGAN. URIB KETNANLAR OZODLIKDA” sarlavhasi ostida joylangan videotasvir bo‘yicha rasmiy munosabat
2020 yilning 26 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda “BOSKINChILIKNI GRUPPAVOY VARIYaNTI. JABR KORGAN ULIMDAN KOLGAN. URIB KETNANLAR OZODLIKDA” sarlavhasi ostida videotasvir tarqaldi. Mazkur videotasvirda aks etgan holatlar Andijon viloyati IIB mas'ul xodimlari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.
Ma'lum bo‘lishicha, 2020 yil 09 aprel kuni soat 15:00 lar chamasida Andijon shahri, Sadoqat MFY, Xabibiy ko‘chasida fuqaro R.D qo‘ylarini boqib yurgan paytda fuqarolar X.Q, M.A, M.B va Yu.J.lar shu mahalladan o‘tib ketishayotganida, ularning ortidan X.Q.ning iti yugurib chiqib xurigan holatda R.D.ning qo‘ylarini qochib ketishiga sababchi bo‘ladi. Shu arzimas sabab tufayli R.D. va yuqoridagi shaxslar o‘zaro janjallashib ketishadi. Ushbu janjalni ko‘rgan R.D.ning jiyani M.A va o‘g‘li R.F.lar ushbu janjalga qo‘shilishadi. Janjalni mahalliy aholi vakillari ajratishib, ularni tarqatib yuborishadi. Shunga qaramasdan R.D.ning jiyani M.A va o‘g‘li R.F.lar fuqaro X.Q va uning sheriklari nima sababdan bunday qilishganligini bilish maqsadida, ularni ortidan mahallaga tushib borishadi va “DBIR” savdo do‘konining oldida Q.X. bilan janjallashishadi.
Janjal vaqtida R.D.ning jiyani M.A va o‘g‘li R.F.lar xamda o‘g‘lining boshqa oshnalari qo‘llaridagi tayoq, kastet, bitalar bilan fuqaro X.Q.ning duch kelgan joylariga urishib do‘pposlashadi.Ularni mahallada yashovchi fuqarolar ajratishadi. So‘ng X.Q va R.D.lar o‘zaro kelishib, yarashgan holatda voqea joyidan tarqalishadi.
2020 yil 14 aprel' kuni soat 20:00 lar chamasida Xabibiy ko‘chasida X.Q ukasi X.O bilan yo‘lda R.D.ning o‘g‘li R.F va uning do‘sti Yu.N.larning yo‘lini to‘sib, ular bilan avvalgi holatlar bo‘yicha gap tortishadi. Bu holat R.D.gacha yetib borib, X.Q.ni izlashgan tushadilar va uni Andijon shahri, Sadoqat MFYda joylashgan “DBIR” savdo do‘konida uchratishadi. X.Q.ni tashqariga chaqirishib, R.D. unga o‘rtalaridagi kelishmovchiliklarni o‘zaro kelishib olishgan bo‘lsada nega bunday ish qilayotganliklarini gapirib turganida X.Q kutilmaganda R.D.ning yuz qismiga musht bilan urib yuboradi. Shundan so‘ng X.Q.ni fuqarolar R.D boshchiligida kelganlar qo‘llaridagi narsalar bilan duch kelgan joylariga urib, unga sog‘liqini buzilishiga sabab bo‘lgan tan jaroxati yetkazishgan.
Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining 2020 yil 04 may kungi №2136 sonli xulosasiga ko‘ra fuqaro X.Q sog‘lig‘ining buzilishiga 6 kundan ko‘proq, 21 kungacha buzilishiga sabab bo‘ladigan engil darajadagi tan jaroxati olganligi ayon bo‘ldi.
Ushbu holat bo‘yicha Andijon shahar IIO FMB 3-son IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan 2020 yil 04 may kuni R.D, R.F va M.A hamda boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov davomida fuqaro Q.X va onasi Q.S.lar bilan suhbat o‘tkazilib, yuqoridagi shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi va hozirda tergov xarakatlari olib borilayotganligi tushuntirilgan.
Shuningdek, tergov davomida fuqaro R.D va M.A.larning yashash manzillarida va yordamchi xo‘jalik xonadonlarida tintuv tergov harakatlari o‘tkazilgan.Ularda temirdan yasalgan moslamalar borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.
Shuningdek, fuqaro Q.X o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasidan norozi bo‘lganligi sababli qo‘shimcha ravishda sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.R.D va boshqalar bir guruh bo‘lishib, fuqaro Q.X.ni kechasi jamoat joyida hech bir jiddiy sababsiz, fuqarolarning ajratishlariga qaramasdan urib do‘pposlashganligi sababli 2020 yil 03 iyun' kuni jinoyat ishi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandiga qayta malakalangan. Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati