19 Noyabr 2021 yil
2794
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuv bo‘yicha rasmiy maʼlumot
2021-yil 19-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tuman IIB boshlig‘iga tegishli deb aytilayotgan audioyozuv tarqaldi.
Mazkur audioyozuvda aks etgan holatlar yuzasidan Andijon viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlandi. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati