6 Aprel 2020 yil 1132

Ijtimoiy tarmoqlarda «YPX xodimiga maska taqish mumkinmasakan»! sarlavha ostida e'lon qilingan murojaat bo‘yicha rasmiy munosabat

2020 yilning 05 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimiga maska taqish mumkinmasakan»! sarlavha ostida xodimning karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Ushbu murojaatda aks etgan holat Andijon viloyati IIB mas'ul xodimlari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqilib, unda nazarda tutilgan Andijon viloyat IIB YHXB 1-safarbarlik guruhi YPX katta inspektori Z.M.ga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi.

Mazkur holat bo‘yicha shuni alohida ta'kidlash o‘rinliki, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 16-moddasiga ko‘ra, ichki ishlar organlarining xodimlari ma'muriy huquqbuzarlik uchun intizom ustaviga muvofiq javobgar bo‘lishi, qachonki yo‘l harakati qoidalarini, ov qilish, baliq tutish, baliq zaxiralarini saqlash va bojxona qoidalarini buzganliklari uchun umumiy asoslarda ma'muriy javobgar bo‘lishi ko‘rsatilgan.

Yuqoridagilarga asosan, o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasiga ko‘ra YPX xodimi Z.M.ning harakatlarida ma'muriy huquqbuzarlik alomatlari aniqlanganligi sababli unga nisbatan intizom ustaviga muvofiq, «Xayfsan» intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
Hozirgi mas'uliyatli pallada ichki ishlar organlari xodimlari ham tibbiyot xodimlaridan kam bo‘lmagan holda kecha-yu kunduz mehnat qilmoqda. Buni xalqning o‘zi ko‘rib, bilib turibdi. Lekin shunday bo‘lsada, qonun barcha uchun barobar. Karantin qoidalarini buzishga esa hech kimning haqqi yo‘q.


Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech