14 Iyun 2023 yil
550
Ikki do‘stning tungi ovi yurishmadi
Andijon shahrida yashovchi A.N va N. J joriy yilning 8-iyun kuniga o‘tar kechasi o‘zaro jinoiy til biriktirib, U.Sh.ga tegishli bo‘lgan oshxonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirishib, u yerdan jami 13 million 330 ming so‘mlik go‘sht mahsulotlarini o‘g‘irlab ketganliklari aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati