28 Dekabr 2022 yil 2139

Ikki nafar qizni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natayotgan ayol qo‘lga olindi

2022-yil 16-dekabr kuni Andijon viloyati IIB TQX JQB Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘linmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV TQD JQX UJQKB Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro E.N.ning arizasiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida Shahrixon tumanida yashovchi ayol X.G Andijon tumanida yashovchi E.N va Andijon shahrida istiqomat qiluvchi M.M.larni Turkiya davlatiga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yuborish evaziga Turkiyada yashovchi “Oygul” ismli tanishidan 700 AQSH dollari olishga kelishib, kelishilgan 700 AQSH dollari hisobidan 150 AQSH dollarini olib, E.N va M.M.larni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiya davlatiga jo‘natib yuborayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech