“Intizom oyligi” doirasida Andijon viloyati ichki ishlar organlarining faxriylari bilan yosh xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularga boy hayotiy tajribalari orqali amaliy yordam ko‘rsatishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentyabrdagi “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan, keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda ularning o‘rnini yanada oshirish maqsadida joriy yilning 21-fevral kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov ishtirokida ichki ishlar organlarida uzoq yillar mehnat qilib, hozirda nafaqa gashtini surayotgan faxriy xodimlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
O‘zaro ishonch va samimiylik asosida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda faxriylarning sohada ustoz-shogird anʼanalarini yanada rivojlantirish borasidagi taklif va fikr-mulohazalari eshitildi.
Shuningdek, tadbir davomida faxriylar tibbiy davolanish, moddiy yordam ko‘rsatish hamda boshqa bir qator masalalar bo‘yicha ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga masʼul xodimlardan javoblar oldilar.
Tadbir davomida ichki ishlar organlari tizimida yosh xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularga kasb sirlarini o‘rgatish borasida munosib hissasini qo‘shib kelayotgan bir guruh faxriy xodimlar tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Uchrashuv yakunida, faxriylarga o‘zi istiqomat qilayotgan mahallalarda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyatini samarali ish tashkil etishga ko‘maklashishlari va o‘zlarining boy hayotiy tajribalari orqali amaliy yordam ko‘rsatishlari bo‘yicha maqsadli rejalar belgilab olindi.
Andijon viloyati ichki ishlar organlarida faxriylarga eʼtibor hamda g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularni sog‘lomlashtirish ishlarini samarali tashkil etish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ijtimoiy hayotdagi faolliklarini oshirish hamda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati