“Intizom oyligi” doirasida Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan bir guruh xodimlarning “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrifi uyushtirildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishiga asosan joriy yilning 25-iyul kunidan 25-avgust kuniga qadar Ichki ishlar vazirligi tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalarida “Intizom oyligi” o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, ushbu oylik doirasida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning “Vatanga va xalqqa xizmat qilish – eng oliy saodat” konseptual g‘oyasi asosida faoliyat olib borishlarini taʼminlash, shuningdek, ularda milliy vatanparvarlik ruhini kuchaytirish maqsadida Andijon davlat universitetida tashkil etilgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrifi uyushtirildi.
Tashrif davomida yosh xodimlar muzey tarixiga oid bo‘lgan maʼlumotlarga ega bo‘lishib, vatanimiz taraqqiyoti, mustaqillik yo‘lida xizmat qilgan hamda qatag‘on qurboniga aylangan milliy ziyolilarimizning hayot yo‘li bilan yaqindan tanishdilar. Hozirda xodimlar o‘rtasida vatanparvarlik ruhini kuchaytirish maqsadidagi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati