14 Iyun 2022 yil
373
“Intizom oyligi” doirasida Andijon viloyati IIBda “Rahbarning boshqaruv madaniyati” mavzusida seminar- trening o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022 yil 7 iyundagi “Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlash hamda “Temir intizom va halollik – muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida “Intizom oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 135-son farmoyishi ijrosi taʼminlanmoqda.
Ichki ishlar organlarida xodimlarning xizmat samaradorligi va sog‘lom ruhiy muhitni barqarorligini taʼminlash maqsadida Andijon viloyati ichki ishlar organlari bo‘yicha boshqarma boshlig‘ining buyrug‘i bilan tayinlanadigan lavozimlarga kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlar ishtirokidagi “Rahbarning boshqaruv madaniyati” mavzusida seminar- trening o‘tkazildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati