“Intizom oyligi” doirasida Baliqchi tumani IIB xodimlari uchun “Muloqot psixologiyasi va muomala madaniyati” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi
“Intizom oyligi” doirasida psixolog-mutaxassislar tomonidan Andijon viloyatining Baliqchi tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi. Jarayonda mutaxassislar “Muloqot psixologiyasi va muomala madaniyati” tushunchasi, uning asosiy jihatlari va ko‘rinishlari, yuzaga kelgan turli xil stress vaziyatlarda o‘z-o‘zini boshqarishning psixologik omillari xususida atroflicha so‘z yuritdilar.
Shuningdek, xodimlarning psixologik tayyorgarligi, faoliyati davomida fuqarolar o‘rtasidagi ziddiyatlar va ularga sabab bo‘layotgan psixologik omillar to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirdilar. Mavzuga doir tayyorlangan taqdimot orqali ko‘rsatilgan xar bir holat va izohlar tinglovchilarning trening mashg‘ulotiga bo‘lgan qiziqishini yana-da oshirdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati