11 Sentyabr 2020 yil 892

Izboskan tamani IIB 3-sektorida aholi muammolari hal etilmoqda

Izboskan tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik B.Bahromov tomonidan 3-sektor hududida joylashgan Istiqlol MFY, Mangulik ko‘chasida yashovchi ijtimoiy  himoyaga muhtoj D.Ahmedovaning yashash xonadoniga tashrif buyurilib  muammolari o‘rganildi. Fuqaro D.Ahmedova qizi G.Mahkamovaga fuqarolik pasportini olishga mablag‘i yo‘qligi sababli amaliy yordam so‘radi.Yangi fuqarolik pasporti olish uchun hujjatlar shu kunning o‘zida rasmiylashtirilib, homiylar tomonidan 300 ming so‘m pul mablag‘i yordam tariqasida berildi.

Shuningdek, To‘rtko‘l MFY, Xo‘jabog‘i ko‘chasida yashovchi R.Obobakirovaning suyultirilgan tabiiy gaz baloni yo‘qligi sababli uni olishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati shu kunning o‘zida hal qilib berildi. Hozirda bu kabi xayrli ishlar 3-sektor hududida davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech