16 Iyul 2021 yil 714

Izboskan tumani IIB xodimlari tomonidan o‘g‘irlik jinoyati fosh etildi

Izboskan tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida shu yilning 13 iyul kuni soat 14:00 larda Izboskan tumanida yashovchi R.S mahalladoshi A.T.ning yashash uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, mehmonxonasidan 1 dona narxi 1.537.000 so‘mlik “Samsung” rusumli televizorini o‘g‘irlab ketganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan  shu yilning 14 iyul kuni Izboskan tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech