22 Iyun 2023 yil 623

Izboskan tumani IIB Probatsiya guruhi hisobida turuvchi 18 nafar shaxsga ishonch bildirildi

Jinoyat ishlari бўйича Izboskan tumani sudi binosida Izboskan tumani IIB Probatsiya guruhi hisobida turib, axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan 18 nafar nazorat ostidagi shaxs muddatidan avval shartli ravishda ozod etildi.

Jazoni o‘tash давомида o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatib, jazo o‘tash talab va qoidalarini buzmasdan, zimmasiga yuklatilgan talab- majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarib kelgan ushbu shaxslarga yana bir bor ishonch bildirilganligi insonparvarlik, bag‘rikenglik yorqin ifodasi bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuningdek, jarayonda ular bilan  “Qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etishning huquqiy oqibatlari” mavzusida profilaktik muloqot o‘tkazildi. Bir so‘z bilan aytganda yurtdoshlarimizga hayotda o‘z ўрнини topishlariga imkoniyat berildi.

Андижон вилояти IIB Axborot xizmati

Text to speech