Izboskan tumani IIBda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-10-son Qarori mazmun-mohiyatini yetkazishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi
Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati Kadrlar bilan taʼminlash bo‘limi bosh inspektori, kapitan U.Y.Rayimberdev tomonidan Izboskan tumani IIB shaxsiy tarkibiga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 20-yanvar kuni imzolangan “Ichki ishlar organlarini xalqchil tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining mazmun mohiyati yetkazildi.
Xususan, ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va qarorda keltirilgan talablar haqida batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish bo‘yicha ham atroflicha so‘z yuritildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati