13 Iyul 2024 yil 1286

Izboskan tumani IIBda joriy yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 12-iyul kuni Izboskan tumani IIBda Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov raisligida o‘tgan ikkinchi chorak davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni oldini olish, shaxsiy tarkib bilan xizmat intizomini mustahkamlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab olishga qaratilgan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan majlisda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tumanda huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, jinoyatchilikka qarshi kurashish, sodir etilgan jinoyatlarni issiq izidan ochish, qidiruvdagi jinoyatchilarni aniqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomini mustahkamlash, jangovar va jismoniy shayligini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash hamda ushbu yo‘nalishda kamchilikka yo‘l qo‘ygan rahbar va xodimlar muhokama qilinib, ularning hisobotlari tinglandi.

Shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish borasidagi yuklatilgan majburiyatlarni namunali tarzda bajarib kelayotgan bir guruh xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar hamda boshqarma boshlig‘ining tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Hisobot yig‘ilishi yakunida ushbu yo‘nalishning mutasaddi rahbarlari va xodimlariga kelgusidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar aniq va manzilli tarzda belgilab berildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech