1 May 2024 yil
4130
Izboskan tumani hokimi hamda sektor rahbarlari profilaktika inspektorlari bilan uchrashdi
Maʼlumki, hukumat qarorlari bilan sektor rahbarlari mahallalardagi profilaktika inspektorlari bilan uchrashib, ularning fikr-mulohazalarini hamda muammolarini davomli tinglab borishi belgilangan. Shunga ko‘ra bugun Izboskan tumani IIB binosida sektor rahbarlari profilaktika inspektorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Muloqot avvalida, tuman hokimi E.Karimov mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda profilaktika inspektorlarning o‘rni beqiyosligini taʼkidladi. So‘ng, muammo va takliflar tinglandi.
Faoliyati davomida yuksak natijalarga erishib kelayotgan bir guruh xodimlar tuman hokimining tashakkurnomasi va sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati