14 Aprel 2023 yil 362

Izboskan tumanida ayollar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar muhokamasi hamda "To‘maris izdoshlari" jamoaviy guruhlari faoliyatini tashkil etishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi

2023-yilning 12-aprel kuni Izboskan tumanida andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik N.Mo‘minova hamda Izboskan tumani hokimining o‘rinbosari N.Qobilovalar raisligida mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda joriy yilning o‘tgan 3 oyi mobaynida tumanida yashovchi ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar hamda tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga berilgan himoya orderlari tanqidiy muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-yanvar kungi "Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari huzurida "To‘maris izdoshlari" jamoaviy guruhlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etilib, ularning maxsus kiyim-boshi haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech