15 Iyul 2021 yil
648
Haydovchi yo‘lning qatnov qismini kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi
2021 yil 13 iyul kuni soat 23:00 larda Izboskan tumanida yashovchi fuqaro T.B o‘zining “Matiz” rusumli avtomashinasini Andijon tumani, Istiqlol MFY hududida boshqarib borayotib, yo‘lning qatnov qismini kesib o‘tayotgan shu tumanda istiqomat qiluvchi J.J.ni urib yuborgan. Buning oqibatida J.J bosh qismidan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda mazkur yo‘l transport hodisasi yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Yo‘l harakati qoidalariga amal qiling. Yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik orqali o‘zingiz va boshqalar sog‘lig‘iga jiddiy shikast yetkazib, ularning hayotiga nuqta qo‘yilishiga ham sababchi bo‘lishingiz mumkinligini esdan chiqarmang.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati