19 Avgust 2023 yil 747

Izboskan tumanida mahalla beshligi aʼzolari ishtirokida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi

Izboskan tumani hokimligi majlislar zalida tuman hokimi S.Ismoilov, Andijon viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari A.Raxmanov, Izboskan tumani IIB rahbariyati tomonidan mahallalarning faollari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida mahalla raislari, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faollari hamda yoshlar yetakchilarining hamkorlikdagi faoliyatlari atroflicha tahlil etildi. Hududlarda jinoyatchilikni oldini olish, uyushmagan yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mavzunli tashkil etish, kasb-hunarga o‘rgatish, ishsizlarni bandligini taʼminlash kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi. Masʼullarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech