Izboskan tumanida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida namunali ish tashkil etgan bir guruh “mahalla yettiligi” aʼzolari munosib taqdirlandilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 26-yanvardagi tegishli buyrug‘iga asosan, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha yuklatilgan majburiyatlarni namunali bajargan, xizmat faoliyatida ijobiy natijalarga erishgan, o‘z xizmat vazifalariga masʼuliyat bilan yondashib, biriktirilgan hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda samarali xizmat qilib, ijobiy natijalarga erishgan Izboskan tumanidagi bir guruh “mahalla yettiligi” aʼzolari munosib rag‘batlantirildi.
Xususan, tumandagi “Kuygan-yor”, “To‘raobod”, “Obod” mahalla fuqarolari yig‘inlarida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari hamda boshqa bir qator mahallarda faoliyat yuritayotgan mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, soliq inspektorlari hamda xotin-qizlar faollari “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida ishlarni namunali tashkil etganligi uchun Andijon viloyati IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Mirzohid Mamirjonov ishtirokida bir martalik 4 million so‘m miqdoridaga pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Albatta ko‘rsatilayotgan bu kabi eʼtibor “mahalla yettiligi” aʼzolarini xalqni rozi qilishdek masʼuliyatli ishga yanada vijdonan yondashishga undashi bilan ahamiyatlidir.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati