2023-yil 28-fevral kunidan 1-mart kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs Chekyor mahalla hududida joylashgan J.N.ning yashash uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, mazkur xonadonning qurilishi bitmagan xonasida saqlanayotgan temir seyfni buzib, uning ichida 63.000.000 so‘m, 200 AQSH dollar hamda umumiy qiymati 6.550.000 so‘m bo‘lgan tilla taqinchoqlarni yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Izboskan tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,v,g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni V.J., T.X., va K.J.lar sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: