11 Avgust 2022 yil
400
Izboskanda “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlayotgan fuqaro aniqlandi
Andijon viloyati IIB JQB hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida Izboskan tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Izboskan tumanida yashovchi erkak fuqaro K.Mning yashash xonadoni koʻzdan kechirilganida, uyining ichida turgan shkafning ustidagi sellofan paketda, jami 105 gramm “marixuana” giyohvand moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Izboskan tumani IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati