25 Aprel 2022 yil 424

Izboskandagi bozordan 6 nafar fuqaroning telefonlarini o‘g‘irlagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi  

Fuqaro M.X o‘z oldiga o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilishni maqsad qilib, bu g‘arazli maqsadini amalga oshirish uchun joriy yilning 31-mart kuni Izboskan tumanidagi dehqon bozorida fuqaro T.S.ning cho‘ntagi bo‘lgan “OPPOA3S” rusumli uyali telefon apparatini, 1-aprel kuni xuddi shu bozorda o‘zining jinoiy xatti-harakatini davom ettirib, fuqarolar N.X, A.D, K.G, Q.Sh, Z.X.larga tegishli bo‘lgan mobil telefonlarni o‘g‘irlaganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Izboskan tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, jamoat joylarida, bozorlarda, savdo komplekslarida bo‘lganingizda shaxsiy va qimmatbaho buyumlaringizga eʼtiborli bo‘lsangiz o‘z mulkingizni o‘zingiz asragan bo‘lasiz!

Shu kabi holatlarga duch kelsangiz qisqa “102” raqamiga hamda yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limlariga murojaat qiling!

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech