18 Iyun 2020 yil 912

Ijtimoiy tarmoqlarda “Oltinko‘llik tujjor: Meni IIB xodimlari kaltaklab, xushyorxonaga tashladi” sarlavhasi ostida e'lon qilingan xabar bo‘yicha rasmiy munosabat  

2020 yilning 17 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Oltinko‘llik tujjor: Meni IIB xodimlari kaltaklab, xushyorxonaga tashladi” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.Ushbu xabarda Oltinko‘l tumanida yashovchi fuqaro So‘fiev Saydulloni ikki nafar IIB xodimlari 16 iyun' kuni qo‘lini qayirib mashinaga bosib, xushyorxonaga olib borishgani, u yerda 3-4 soat saqlab, saharga yaqin qo‘yib yuborishgani haqida ma'lumot berilgan. Mazkur holat Andijon viloyati IIB mas'ul xodimlari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.

Ma'lum bo‘lishicha,  2020 yil 16 iyun kuni soat 22:00 larda Andijon-Namangan avtomobil qatnov yo‘lining Oltinko‘l tuman, Ijtimoyat mahallasi o‘ramidan o‘tgan qismida yo‘l chetida tumanning Madaniy-Mehnat-2 mahallasida yashovchi fuqaro So‘fiev Saydullo Shodmonoxunovich o‘zi tomonidan noqonuniy ravishda tashkil qilingan meva sharbatlari sotiladigan joyda mast holatda yurganligi aniqlanib, shu xududda tungi xizmat faoliyatini olib borayotgan profilaktika katta inspektori mayor I.Nabiev va profilaktika inspektori katta leytenant I.Raxmonov tomonidan viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasi huzuridagi tibbiy xushyorxonaga olib borilgan. Fuqaro So‘fiev Saydulloning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan hamda ushbu haqida bayonnoma tuzilgan.

S.So‘pievning yonini ko‘zdan kechirish davomida 1 dona artel rusumli uyali telefon apparati, jami 151.500 so‘m o‘zbek so‘mlari va 1 dona plastmasa idish aniqlanib olingan. Shuningdek So‘fiev Saydulloning badanida tan-jarohatlar va uning izlari aniqlanmagan. So‘fiev Saydulloni tibbiy xushyorxonaga joylashtirish jarayoni uyali telefon apparati yordamida foto va video tasvirga olingan, IIB xodimlari tomonidan unga nisbatan ruhiy va jismoniy ta'ziq o‘tkazilmagan.

So‘fiev Saydullo biron bir tegishli hujjatlar rasmiylashtirmagan va sanatiriya qoidalariga zid ravishda meva sharbatlari bilan savdo qilib kelganligi uchun unga nisbatan 10.06.2020 yilda MJtKning 54-moddasi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Shuningdek bir necha marta tuman davlat soliq inspeksiya tomonidan noqonuniy ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmaslik haqida rasmiy ogohlantirilgan.  

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech