21 Iyul 2023 yil 475

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videomurojaat yuzasidan rasmiy munosabat

2023-yilning 10-iyul kuni soat 14:30 larda Qo‘rg‘ontepa tumani, Uchtegirmon MFYda yashovchi 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro N.G‘.dan “102” qisqa raqamiga Qorasuv shahar, Uchtegirmon MFY yashovchi 1976-yilda tug‘ilgan akasi M.G‘.ning yashash xonadonida mast xolda janjal qilayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Mazkur murojaatga asosan yuqoridagi manzilga tuman IIB JXX HPB profilaktika inspektori katta leytenant R.Ismoilov yetib borib, fuqaro M.G‘.ni tinchlantirmoqchi bo‘lganda, u profilaktika inspektoriga faol qarshilik ko‘rsatgan. Kelgusida ushbu fuqaro tomonidan jinoyat va huquqbuzarlik sodir etilishini oldini olish maqsadida profilaktika inspektori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2017-yil 15-mart kunidagi “Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va o‘qotar qurolni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi 55-sonli buyrug‘iga asosan maxsus vosita qo‘llanilgan.

Fuqaro M.G‘.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismiga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlar bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa sudiga yuborilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech