14 Noyabr 2020 yil 1000

Ijtimoiy tarmoqlarga Andijon shahridagi tirbandlik bo‘yicha joylangan videotasvir yuzasidan

Ijtimoiy tarmoqlarga “Andijon shahri Yangi bozordan yozyapmiz. Hamisha shunday tartibsizlik. YPX xodimlari ham yo‘q. Boshboshdoqlik qachon bartaraf etiladi?” sarlavha bilan videotasvir joylandi.

Ushbu videotasvirda aks etgan holatlar bo‘yicha Andijon viloyati IIB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Ma'lum bo‘lishicha, Andijon shahri, Boburshoh ko‘chasi “Xolis” savdo majmuasi oldida piyodalar yo‘lini kesib o‘tishlari uchun “er usti piyodalar o‘tish joyi” qurilayotganligi sababli Andijon shahrining Boburshoh, M.Tiklanish va Muqumiy ko‘chalari kesishgan chorrahasidan hamda Boburshoh va A.Musaev ko‘chalari kesishgan chorrahada transport vositalarining harakati cheklangan. Shunga ko‘ra, ushbu hududlar atrofida  transport vositalari va piyodalarning tirbandiligi kuzatilgan.

Bundan tashqari, Boburshoh, M.Tiklanish va Muqumiy ko‘chalari kesishgan chorraha svetofor ob'ekti bilan jihozlangan va transport vositalarining harakatini svetofor ob'ekti tartibga soladi. Shu kuni qisqa muddat oralig‘ida (5-7 daqiqa) tirbandlik yuzaga kelgan. Hozirda ushbu chorrahaga viloyat IIB YHXB tomonidan qo‘shimcha yo‘l-patrul inspektori biriktirilib, alohida nazoratga olindi.  

         

 Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech