Ijtimoiy tarmoqlarga joylangan xabar yuzasidan rasmiy munosabat
2020 yil 11 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi joriy yilning 30 yanvar' kuni 12 mlrd so‘mni depozitga qo‘yish bo‘yicha davlat xaridlari portalida lot e'lon qilgan. Shartnomaning o‘rniga esa mana bunaqa rasmni yuklab qo‘yishibdi" nomli xabar tarqaldi.
Ushbu xabar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Ma'lum bo‘lishicha, davlat xaridlari portalida 12 millyard so‘m o‘rniga aslida 120 million so‘m depozitga qo‘yish nazarda tutilgan, ammo texnik xato sababli summa noto‘g‘ri yozilib qolingan. Shuningdek, shartnoma faylining o‘rniga ham texnik xato tufayli rasm tanlanib qolingan. Ushbu xatoliklar mas'ul xodimlar tomonidan bartaraf etilib, kelgusida ushbu holat qayta takrorlanmasligi uchun malakali mutaxassislar tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati