11 Avgust 2022 yil 423

Jalaquduq tumani “Boʻston” mahallasida jinoyat muhokamasi boʻlib oʻtdi

“Jinoyat haqiqati va adolati” tamoyili asosida sodir etilgan jinoyatlarni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilinishi, buning sabablari va imkon bergan shart-sharoitlarni aholiga yetkazilishi mahallalarda jinoyatchilikka qarshi muhit va murosasizlik tuygʻusini shakllantirishda asosiy oʻrinlardan birini egallaydi.

Shundan kelib chiqib, Andijon viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik I.I.Fayzullayev tomonidan navbatdagi jinoyat muhokamasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yildagi 565-son qaroriga asosan Jalaquduq tumani “Boʻston” mahallasida oʻtkazildi.

Muhokama yigʻilishida, sektor rahbari, Yoshlar ishlari agentligi rahbari hamda boshqa masʼul shaxslar ishtirok etib, mahallada sodir etilgan firibgarlik jinoyati muhokama qilindi.

Yigʻilish yakunida, fuqarolar firibgarlikning koʻp uchrayotgan boshqa turlari boʻyicha, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalangan holda bank plastik kartalardagi pul mablagʻlarini talon-toroj qilinishi yuzasidan ogohlikka chaqirildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech