6 Dekabr 2021 yil
805
Jalaquduq tumani IIB JQB xodimlari tomonidan fohishaxona fosh etildi
2021-yil 1-dekabr kuni Jalaquduq tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida Jalaquduq tumanida yashovchi fuqaro X.N. g‘arazli va boshqa past niyatlarda 350.000 so‘m pullar evaziga fuqarolar Yu.J. va S.B.larni jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida 350.000 so‘m pullar olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati