20 May 2022 yil 396

Jalaquduq tumani IIB JQB xodimlari tomonidan “Qoradori-2022” tadbirining 1-bosqichi davomida bir qator holatlar aniqlandi

Xususan, 2022-yil 16-may kuni oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida Jalaquduq tumanida yashovchi fuqaro T.S yashash xonadonining yer maydonida 12 tup oʻtkir hidli koʻrinishidagi “Koʻknori” giyohvandlik oʻsimligini parvarish qilib kelayotganligi aniqlandi. Shuningdek, shu tumanda yashovchi yana bir fuqaro M.Bning yashash uyi koʻzdan kechirilganda tomorqasining 1 kvadrat metr maydonida 2 tup nasha giyohvandlik oʻsimligini parvarishlab kelayotganligi maʼlum boʻldi. Xuddi shunday mazkur tumanning yana bir fuqarosi Y.Dning yashash xonadoni nazorat tartibida oʻrganilganda taqiqlangan 7 tup nasha oʻsimligini yashirin ravishda ekib, parvarish qilayotganligi fosh boʻldi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Jalaquduq tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech