15 Iyun 2022 yil 422

Jalaquduq tumani IIB JXX HPB hamda JQB xodimlari tomonidan profilaktik tadbirlar olib borilmoqda

Andijon viloyati Jalaquduq tumani IIB JXX HPB hamda JQB xodimlari tomonidan ilgari sudlangan, muqaddam huquqbuzarlik sodir etib, hozirda tuzalish yo‘liga o‘tayotgan hamda profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan manzilli profilaktik ishlar olib borilmoqda. Mazkur tadbirlardan ko‘zlangan maqsad ushbu fuqarolarning muammolarini o‘rganish, ularning bandligi taʼminlash orqali to‘g‘ri yo‘lga boshlashdan iboratdir.

So‘nggi vaqtlarda bank plastik kartasidan pul yechib olish va firibgarlik jinoyatlari qurbonlari soni ortib bormoqda. Shu turdagi jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida Jalaquduq tumani IIB JXX HPB va JQB xodimlari tomonidan plastik kartalar bilan bog‘liq holatlarning qurboni bo‘lib qolmaslik kabi mavzularda mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi bilan hamda bankomat atroflarida muntazam ravishda targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech