23 Yanvar 2023 yil 249

Jalaquduq tumani IIB xodimlari tomonidan ishqiy munosabatlar aks etgan foto va videotasvirlarni tarqatmaslik evaziga pul talab qilgan shaxs qo‘lga olindi

Joriy yilning 21-yanvar kuni soat 11:30 larda Jalaquduq tumani IIB xodimlari tomonidan shu tumanda yashovchi M.A.ning arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida, Qo‘rg‘ontepa tumanida  yashovchi E.A uning ishqiy munosabatlari aks etgan foto va videotasvirlarini tarqatmaslik evaziga 500.000 so‘m pullarni talab qilib, ushbu pullarni M.A.dan olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.  

Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech