19 Avgust 2023 yil 242

Jalaquduq tumanida jinoyatchilikni jilovlash va profilaktikasi bo‘yicha mahalla beshligi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda mahallada jinoyatlar sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan sabab va omillarni o‘z vaqtida bartaraf etish, jinoyatchilikka moyil bo‘lgan fuqarolar bilan ishlash, yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish bo‘yicha "Mahallabay", "fuqorobay" manzilli ishlash yuzasidan tavsiyalar berildi.

 Shuningdek, sektor rahbarlari tomonidan jinoyatchilik ortib ketgan “qizil” hudud sifatida olingan mahallalardagi mahalla raisi, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchilari ishlash tizimini tubdan o‘zgartirishi va chorak yakuni bo‘yicha “yashil” toifa mahallalari qatoriga olib chiqish vazifasi qo‘yildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech