12 Avgust 2022 yil 343

Jalaquduq tumanida qizil toifaga kiritilgan mahallalarda masʼul xodimlar va jamoatchilik vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi

2022-yilning 7 oy yakuniga koʻra, Jalaquduq tumanida qizil toifaga kiritilgan mahallalarda masʼul xodimlar va jamoatchilik vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar 2022-yilning 10-avgust kuni Andijon viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik I.I.Fayzullayev tomonidan yigʻilish oʻtkazilib, tanqidiy muhokama qilindi.

Oʻtkazilgan muhokamada, barcha qizil toifadagi mahallalarning raislari, profilaktika inspektorlari va mahallaga biriktirilgan vakillarning hisobotlari eshitildi. Shuningdek ularning, ishlab chiqilgan yoʻl xaritada belgilangan vazifalarning ijrosi toʻliq taʼminlanishi hamda ijrochilik intizomi boʻyicha masʼuliyati yanada oshirildi.

Shundan soʻng, «mahallabay», «xonadonbay» va «fuqarobay» tamoyili amalga oshirilayotgan ishlar qizil toifaga kiritilgan «Tuyalas» mahallasi misolida oʻrganib chiqilib, masʼul rahbarlar va xodimlarga tegishli koʻrsatmalar berildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech