21 Fevral 2022 yil 427

Jalaquduq tumanida yashovchi fuqaro marhum qaynotasidan qolgan ov qurolini ixtiyoriy ravishda topshirdi

Jalaquduq tumani IIB va DXX Jalaquduq tumani bo‘limi xodimlari tomonidan Namuna MFY aholisi o‘rtasida olib borilgan tushuntirish va targ‘ibot ishlari natijasida ushbu mahallaning Yangihayot ko‘chasida yashovchi  fuqaro Xamdamova Marhaboxon yashash xonadonini tozalayotgan vaqtida oq matoga o‘ralgan ov qurolini topib olib, IIB xodimlariga ixtiyoriy ravishda topshirgan.

Holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu ov qurol qaynotasi Soy Leonid Borisovichga tegishli bo‘lgan 1 stvolli, 16 kalibrli, №v-34488-raqamli, 1980 yilda ishlab chiqarilgan “IJ” rusumli ov quroli ekanligi maʼlum bo‘ldi.

Shu o‘rinda ov qurollari saqlanishi tartib-qoidalarini yaxshi tushungan fuqarolarimiz qonunga rioya qilib, o‘z xohishlari bilan o‘qotar qurollarni davlat egaligiga topshirayotganligini ham alohida taʼkidlab o‘tishni o‘rinli deb bilamiz. Har bir yurtdoshimiz o‘z uyida noqonuniy tarzda ov quroli saqlanayotgan bo‘lsa, uni ichki ishlar idorasida ro‘yxatdan o‘tkazishi zarurligini unutmasligi kerak! Zero, qonunga rioya qilish, ehtiyotkorlik bir qancha ko‘ngilsizliklarning oldini oladi.

 

Andijon viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech